«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Jahongir Obidjonov 28 dekabr kuni AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida yuridik va jismoniy şaxslarning elektr energiyasidan qarzdorlik miqdori haqida ma'lumot berdi.
«Ayni vaqtda respublikamiz böyiça 3 trln 500 mlrd söm qarzdorlik mavjud. 1 dekabr holatiga köra, aholining elektr eneregiyasidan qarzdorligi – 2 trln 340 mlrd sömni taşkil qilmoqda.
Ijobiy holatni aytmoqçimanki, 1 oktyabrda bu qarzdorlik – 2 trln 380 mlrd söm bölgan. 2 oy içida uşbu qarzdorlik holati 40 mlrd sömga kamayişiga erişildi.
Bu natija billing tizimining joriy qilinişi evaziga böldi. Elektr energetika sohasida heç qaçon qarzdorlik kamaymagan edi. Faqat oyma-oy, yilma-yil oşib kelgan. Tarixda birinçi marta noyabr oyidan boşlab aholining qarzdorligiga nafaqat joriy iste'mol elektr energiyasini undirişga, balki qöşimça debitor qarzdorlikni undirib, kamaytirişga erişdik», deya rais örinbosari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, mutasaddi hozirgi kunda elektr energiyasidan eng katta qarzdorlik Samarqand viloyatida ekani, hududdagi jami qarzdorlik 655 mlrd sömni taşkil etişini aytib ötgan.










