Avgust oyida, Özbekiston mustaqilligining 29 yilligi arafasida köplab sohalar vakillari prezident farmonlari asosida davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

28 dekabr kuni Köksaroy qarorgohida uşbu mukofotlarni öz egalariga topşiriş marosimi bölib ötdi.

Marosimda prezident Şavkat Mirziyoyev sözga çiqdi; faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan vatandoşlarni şaxsan qutladi.

«Biz keyingi yillarda yaxşi an'anani yölga qöyib, yurtdoşlarimizga mukofotlarni bayram kunida topşirib kelayotgan edik. Afsuski, bu yilgi pandemiya şaroitida odamlarimizning soğliğini asraş uçun uşbu xayrli tadbirni biroz keyinga surişga töğri keldi. Ezgulikning keçi yöq, deydilar. Nasib etgan ekan, mana bugun sizlar bilan Yangi yil bayrami arafasida yuzma-yuz körişib, diydorlaşib turibmiz», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Kun.uz fotomuxbiri san'at, siyosat va jamoat arboblarini bir joyga töplagan tantanali tadbirdan fotoreportaj taqdim etadi.

Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va Oliy sud raisi Kozim Komilov
Çapdan öngga: Xalq demokratik partiyasi raisi Uluğbek Inoyatov, Senat raisi örinbosari Zayniddin Nizomxöjayev va prezidentning iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçisi örinbosari Galina Saidova