Moskva şahrida joriy yilning 25 dekabr kuni «Özmilliybank» AJ delegatsiyasining «VEB.RF» Davlat taraqqiyot korporatsiyasi va «Roseksimbank» AJ rahbariyati bilan amaliy uçraşuvi bölib ötdi.

Unda ikki tomonlama banklararo hamkorlik va ŞHT Banklararo birlaşmasi doirasidagi joriy yildagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi, yangi 2021 yildagi istiqbolli loyihalarni moliyalaştiriş rejalari va imkoniyatlar muhokama qilindi.

«VEB.RF» Rossiya Sanoat va savdo vazirligining dasturi doirasida imtiyozli subsidiyalangan moliyalaştirişni ta'minlab, Rossiyaning yuqori texnologiyali uskunalarini mamlakatimizga yetkazib berişni moliyalaştiriş bilan boğliq qator investitsiya loyihalarni amalga oşiriş doirasida «Özmilliybank» AJning strategik şerigi hisoblanadi. Bankning Özbekiston va Rossiya örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişdagi faol iştiroki özining ijobiy natijalarini bermoqda.

«VEB.RF» Davlat taraqqiyot korporatsiyasi va «Roseksimbank» AJ rahbariyati bilan subsidiyali imtiyozli foiz stavkasini hisobga olgan holda, qiymati 4,8 milliard rublga teng kredit liniyasini oçiş töğrisida imzolangan kelişuvlar uşbu uçraşuv natijasi böldi.

Jalb qilinadigan mablağlar doirasida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi, Toşkent şahar va respublikamizning 12 ta şaharlari hokimligi ehtiyojlari uçun 581 dona zamonaviy maxsus yöl texnikasini xarid qiliş böyiça loyihani amalga oşiriş közda tutilgan.

Hozirgi kunda Özbekistonda şaharsozlik, transport infratuzilmasini rivojlantiriş, şahar kommunikatsiyalari sifati va yöl tizimining tegişli holatini yaxşilaş masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yöl maxsus texnikasini yangilaş orqali uşbu kredit liniyasini samarali özlaştiriş respublikamiz poytaxti va uning markaziy hududlarini obodonlaştiriş tadbirlarini amalga oşiriş imkonini beradi.

Şu bilan birga, «Özmilliybank» AJ va «Roseksimbank» AJ örtasida ilk marotaba şartnoma imzolanişi, asosiy vazifasi Rossiya Federatsiyasidagi korxonalarning eksport operatsiyalariga kömaklaşiş bölgan mazkur davlat instituti bilan hamkorlikni faollaştirişning muhim bosqiçi böldi.

«Özmilliybank» AJning «VEB.RF» Davlat taraqqiyot korporatsiyasi va «Roseksimbank» AJ bilan samarali hamkorligi respublikamiz bank tizimining yangi kredit liniyalarini rivojlantiriş va sifatli xizmatlar körsatiş imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça olib borilgan kursning samarali davomidir.