2020 yilning boşidan buyon davlat xaridlarining maxsus axborot portali www.xarid.uz orqali jami 4252,7 mlrd sömlik 753 mingdan ziyod bitimlar tuzildi. Ötgan yilning mos davri bilan soliştirganda tuzilgan bitimlar son jihatdan 7,1% ga, hajmi böyiça 11,9% ga ösgan.
Davlat xaridlari böyiça ötkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmaçilarining mablağlarini tejalişi 2019 yilga nisbatan 13,4% ga ösib, 913,7 mlrd sömni taşkil qildi.
Savdolarni katta hajmi elektron auksion (65,1%) va elektron dökon (23,0%) da amalga oşirildi. 2020 yilda birja tomonidan joriy etilgan “Milliydökon” va etender.uzex.uz elektron tanlov va tender yangi savdo tizimlarining uluşlari esa mos tarzda 8,8% va 3,1% ni taşkil qildi.
Ötkazilgan elektron davlat xaridlarining 58,4% budjet buyurtmaçilari, 41,6% korporativ buyurtmaçilarining uluşlariga töğri kelgan.
Eng köp davlat xaridlari soğliqni saqlaş sohasi (469,8 mlrd söm), oliy va örta maxsus ta'limi (155,6 mlrd söm) va xalq ta'limi tizimlari (144,8 mlrd söm) da amalga oşirilgan.
Hududlar kesimida eng yirik bitimlar Toşkent şahri va Toşkent viloyati (43,9%), Navoiy (8,6%), Samarqand (6,6%), va Qaşqadaryo (6,1%) viloyatlarida tuzilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi 2018 yildan buyon davlat xaridlari böyiça maxsus axborot portali xarid.uz ning operatori hisoblanadi. Portalda davlat xaridlari töğrisida barça ma'lumotlar, şu jumladan, ötkazilgan xaridlarning natijalari joylaştiriladi hamda davlat xaridlari böyiça onlayn-savdolar ötkaziladi.
«ÖzRTXB» AJ PR bölimi












