28 dekabr kuni Köksaroyda mukofotlarni topşiriş marosimi bölib ötdi. Unda turli soha vakillari iştirok etdi. Mukofotlar murakkab yilda fidoyilik körsatgan yurtdoşlar mehnatining e'tirofi va sarhisobi ham böldi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokidagi tadbirlarning aksarida davlat rahbari muhim masalalar muhokamasiga vaqt ajratadi. Galdagi tadbir ham şunday böldi; prezident rasmiy nutq va taqdirlaşlar oldidan bugungi vaziyat, yakunlanayotgan yil va tadbir iştirokçilariga tuşgan mas'uliyat haqida sözladi.

«Sinovlar juda köp böldi, biz ulardan tinmay mehnat qilib mardonavor ötdik va ğalaba qildik. Sizlarni ana şu ğalaba bilan tabriklayman. Pandemiyadan qudratli bölib çiqamiz degandim, mana bugun şu kunlarga yetib keldik, köz tegmasin.

Şifokorlarga körsatgan qahramonliklari uçun ta'zim qilaman. Qurolli Kuçlar, Milliy gvardiya, Içki işlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mard va jasur xodimlarining xizmatlarini alohida qadrlaymiz», – dedi prezident.

Mukofotlanganlar orasida tibbiyot xodimlari köpçilikni taşkil qildi. Jami 86 kişidan 18 nafari – tibbiyot sohasi vakillari edi. Umuman, yil davomida sohaning 375 nafar xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Davlat rahbari yakunlanayotgan yil böyiça ham öz fikrlarini bildirdi:

«Juda murakkab yil böldi: pandemiya, Olot va Qoraköldagi ofat, Sardoba voqeasi, köpçilikni yöqotdik... Kun emas, soat sanab kutyapman, mana şu yilni eson omon kuzatib olaylik, deb. Lekin şunga qaramay ötayotgan yil böyiça noşukrlik qilmaylik. Biz bir-birimizning qadrimizga yetişni örgandik, hayotga boşqaça köz bilan qaray boşladik», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Rasmiy taqdirlaş marosimida prezident har bir soha vakili – mukofot egalari bilan bittalab suhbatlaşdi; suhbatlar eşitilmagan bölsa-da, davlat rahbari ularni yangi marralarga ruhlantirganini seziş qiyin emasdi.

Tadbir yakunida taqdirlanganlarning taassurotlari bilan qiziqdik.