Çunki Yevropa va AQŞ rasmiylari Google, Facebook, Amazon, Apple kabi kompaniyalarning kuçini raqobat va boşqaruv mexanizmlari yordamida siqib çiqarişga kirişişdi.
BBC naşri 2021 yil kutilayotgan texnologik işlanmalar haqida ma'lumot berdi.
Ulkan texnologik kompaniyalarga çeklovlar
2020 yilning sönggi haftalarida Google, Facebook, Amazon va Apple kabi kompaniyalarning osmonida qora bulutlar aylana boşladi.
Dekabr oyi boşida AQŞ federal kuçlari va 45 ştat prokurori Facebook’ni öz raqobatçilarini sotib oliş va raqobatni çeklaş maqsadida noqonuniy xatti-harakatlar sodir qilganlikda aybladi.
Xuddi şuningdek, Yevropa komissiyasi yirik texnologiya kompaniyalarini tartibga soliş töğrisidagi yangi qonun loyihasini taqdim etdi.
Angliyada esa raqobat va bozorlarni tartibga soluvçi institut uşbu kompaniyalarga qarşi sanksiyalar joriy etişni közda tutuvçi mexanizm yaratdi.
Şu bois yuqorida nomi tilga olingan kompaniyalar AQŞning yangi saylangan prezidenti Jo Baydenning bu borada qanday yöl tutişini intiqlik bilan kutişmoqda.
Qayd etiş joiz, Bayden avvalroq ulkan texnologik kompaniyalar, xususan, Facebook’ni tanqid qilgandi. Qolaversa, uşbu kompaniyalar tomonidan monopoliya örnatilişiga qarşi bölganlar soni kundan kunga ortib bormoqda.
Elektr davri
Aviatsiya va kosmik sanoat koronavirus pandemiyasi tufayli juda oğir yilni boşdan keçirdi. Ayni paytda har ikki sektor ham tadqiqot va rivojlaniş taşabbusiga sodiq ekanini bildirmoqda.
Sentyabr oyida Airbus vodorod bilan işlovçi uçta yangi dizaynni taqdim etdi. Kelasi yil mazkur kompaniya Germaniya, Fransiya, Ispaniya va Italiya kabi mamlakatlar bilan uçuvçisiz havo vositalarini yaratiş böyiça şartnoma imzolaydi.
Rolls-Royce esa 2021 yilda elektr samolyotini taqdim etadi. Kompaniya uşbu samolyotni tezlik rekordini yangilaydigan ilk elektr uçar transport vositasiga aylantirişni maqsad qilmoqda.














