Özbekiston böylab közi ojiz va zaif köruvçi bolalar tibbiy körikdan ötkazila boşlandi
|04:11 / 30.12.202014 6752 min
Saida Mirziyoyeva muallifligidagi «Köngil közi» loyihasi doirasida maktab-internatlarda öqiyotgan 3 mingdan ortiq közi ojiz va zaif köruvçi bolalar tibbiy körikdan ötkazilib, ularning köriş qobiliyatini imkon qadar tiklaşga harakat qilinadi.
Özbekistonda «Köngil közi» loyihasi doirasida maktab-internatlarning barça – 3 mingdan ortiq közi ojiz va zaif köruvçi bolalarini tibbiy körikdan ötkaziş va davolaş aksiyasi boşlandi.
Bu haqda loyiha muallifi, Mass-media fondi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva 29 dekabr kuni ma'lum qildi.
«Bugundan boşlab «Köngil közi» loyihasi doirasidagi aksiyamiz amalda iş boşladi. Uşbu jarayon bilan tanişiş maqsadida biz Nukusga keldik.
Biz Respublika oftalmologiya şifoxonasiga bordik. Bu yerda tibbiy körik uçun köçma laboratoriya qanday işlayotgani, operatsion va boşqa xonalarning jihozlangani, telemeditsina imkoniyatlari bilan tanişdik.
Bugunning özida 14 nafar bola körikdan ötkazilib, ulardan 6 nafarining köz nurini yaxşilaş mumkinligi aniqlandi. Bir nafar bola operatsiya qilindi va köriş qobiliyati 20 foizga tiklandi.
Inşaalloh, uşbu loyiha doirasida 3 ming nafardan ortiq bola orasidan tuzaliş imkoni bölgan har bir bolaga jiddiy qaraymiz va ularning tuzalişi uçun bor imkoniyatni işga solamiz», – deb yozdi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.
Eslatib ötamiz, Saida Mirziyoyeva uşbu aksiya haqida videomurojaat orqali e'lon qilgan edi. Aksiya Qoraqalpoğistondan boşlanib, 3-4 oy davomida barça hududlardagi ixtisoslaşgan maktab-internatlari qamrab olinadi.
Ma'lumot uçun, «Köngil közi» xayriya aksiyasi 2019 yilning mart oyida faoliyat boşlagan. Loyihadan maqsad – közi ojiz va zaif köruvçi bolalar ta'limi va rivojlanişi uçun şaroitlar yaratiş; ularning jamiyatga moslaşişida kömaklaşiş.
Loyiha doirasida brayl şriftida darslik naşr etiş yölga qöyildi; közi ojiz va zaif köruvçi bolalar ehtiyojlariga ixtisoslaştirilgan kompyuter markazi oçildi; maktab-internatlarning texnik bazasi rivojlantirilib, qöyilgan maqsadga erişiş uçun bir neçta loyihalar amalga oşirildi.