Adliya vazirligi xabariga köra, qaror bilan 2021 yilda ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantirişning asosiy parametrlari va 2022-2023 yillar uçun maqsadli möljallar tasdiqlandi.
Şunga köra, belgilangan yillarda respublikada, jumladan:
22ta boğça (jami 2 970 öringa ega), 31ta umumta'lim va ixtisoslaştirilgan maktablar (jami 13 934 öquv örniga ega), 16ta OTM (jami 9 300 öquv örniga ega) yangi quriladi;
jismoniy tarbiya va sport obektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş, mukammal ta'mirlaş böyiça jami 55ta loyiha (şundan 23tasi yangi quriliş) amalga oşiriladi;
11ta madaniyat va san'at obektlari yangidan qurilib, 7tasi rekonstruksiya qilinadi;
soğliqni saqlaş obektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş, mukammal ta'mirlaş va jihozlaş böyiça jami 131ta loyiha (şundan 24tasi yangi quriliş) amalga oşiriladi;
Şuningdek, ilm-fan va innovatsion obektlarni rivojlantiriş böyiça 14ta loyiha amalga oşiriladi.
Xususan, 2021-2022 yillarda Toşkent şahrida Xalqaro molekulyar allergologiya markazini quriş nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, temir yöl va metropoliten yölini rivojlantiriş çoralari ham köriladi.

















