AP: Xitoy koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha tadqiqotlar chop etilishiga yo‘l qo‘ymayapti

Foto: Getty Images
Xitoy mamlakatdagi koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadqiqotlar e'lon qilinishiga yo‘l qo‘ymayapti. Bu haqda Associated Press nashrida e'lon qilingan surishtiruvda aytilgan.
Unda aytilishicha, Xitoy koronavirus kelib chiqishiga aloqador bo‘lgan har qanday surishtiruvlarni jiddiy nazorat qilib, ularning chop etilishiga yo‘l qo‘ymayapti. Xitoy hukumati bu bilan cheklanmay, koronavirus faqat Xitoy hududidan tarqalmagani haqida farazlar ommalashishi uchun harakat qilyapti.
AP surishtiruviga ko‘ra, Xitoy koronavirus borasida tadqiqot o‘tkazayotgan olimlar, harbiylarga pul ajratmoqda, lekin barcha natijalar shaxsan Si Tszinpinning topshirig‘i bilan tuzilgan komissiya nazoratidan o‘tishi kerak. Associated Press surishtiruvi ochiq manbalarda e'lon qilinmagan tadqiqotlar, ko‘plab xitoylik, xorijiy olimlar bilan suhbatlar va tarqalib ketgan elektron yozishmalarga asoslanib amalga oshirilgan.
Surishtiruvda Xitoy koronavirus borasidagi tadqiqotlarga qarshilik qilayotganining isboti sifatida ko‘rshapalaklar yashaydigan g‘orlardan olingan namunalar olimlardan olib qo‘yilishini keltirgan. Ko‘rshapalaklar ayni damda insoniyatni qiynayotgan koronavirusga eng yaqin bo‘lgan Sars-Cov-2 virusining tashuvchilari hisoblanadi.
Associated Press'da chiqqan maqolada aytilishicha, Xitoyda koronavirusga oid tadqiqotlar e'lon qilinishidan avval maxsus komissiya tomonidan tekshirilishi «muhim jarayon» ekani aytilmoqda. Nashr bu borada Xitoy Fan va texnologiya vazirligidan munosabat so‘rab, javob ololmagan. Xitoy tashqi ishlar vazirligi esa Associated Press so‘roviga javoban koronavirus butun dunyo bo‘ylab tarqalgani, uning ustida tadqiqotlar bilan global miqyosda shug‘ullanish kerakligini ta'kidlagan.
Ma'lumot uchun, yil boshida Xitoyda tarqala boshlagan koronavirus dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida tarqalib bo‘ldi. Faqat bir nechta davlatdagina rasman virus aniqlanmagan. Worldometers ma'lumotiga ko‘ra, ayni damgacha dunyo bo‘ylab 82 million 860 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan. 1,8 milliondan ko‘proq odam virus qurboniga aylandi.
Virus yuqtirganlar soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda (20,1 million). Hindistonda 10 milliondan ortiq odam kasallanib ulgurdi. Koronavirus ilk marta aniqlangan Xitoy esa bu borada 81-o‘ringa tushib ketdi. Bugungacha 87 mingdan ortiq xitoylikda koronavirus aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025