AQŞ razvedka xizmatlari Tehron Islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bölinmasi qömondoni, general Qosim Sulaymoniyning ölimi uçun qasos oliş maqsadida Amerikaning Yaqin Şarqdagi kuçlariga zarba berişga tayyorlanayotganini taxmin qilmoqda. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Telekanal manbalarining sözlariga köra, Pentagon Eron “uşbu qotillik uçun öç olmoqçi” ekanligi töğrisidagi ma'lumotlarga ega.
Qayd etilişiça, AQŞ razvedka xizmatlari Eron Amerika kuçlari yoki Vaşingtonning boşqa mamlakatlardagi ittifoqçilariga hujum uyuştirişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Manbaning aniqlik kiritişiça, bu borada “Iroq eng katta xavotir uyğotmoqda”.
Telekanalning ma'lumot berişiça, aynan mana şu xavotir bois AQŞ Yaqin Şarqqa B-52 strategik bombardimonçi samolyotlarini jönatgan.
SeNTKOM rahbari general Frenk Makkenzining ta'kidlaşiça, Qöşma Ştatlar Yaqin Şarqda amerikalik fuqarolar yoki mamlakat manfaatlariga qarşi qaratilgan “har qanday tajovuzga javob berişga tayyor”.
Avvalroq AQŞ harbiy dengiz kuçlariga qaraşli atom suvosti kemasi va ikkita raketa kreyseri Fors körfaziga kirgandi.










