Avtopoygaçi Lyuis Hemilton, kinooperator Rojyer Dikins hamda koronavirusga qarşi önlab kuraşçilar Buyuk Britaniyaning faxriy unvon va ordenlariga sazovor böldi. Mukofotlanganlar röyxati Britaniya hukumati saytida e'lon qilindi.
Röyxatdan mingdan ortiq maşhur va oddiy britaniyaliklar joy olgan.
“Formula-1”ning yetti karra çempioni Lyuis Hemiltonga avtosport sohasidagi xizmatlari uçun ritsarlik unvoni berildi. Kinooperator Rojyer Dikins ham ana şu unvonga loyiq körildi.
Futbol böyiça 1966 yilgi jahon çempionlari Jimmi Grivz va Ron Flauers hamda xonanda Kreyg Devid Britaniya imperiyasi ordeni kavalerlariga aylanişdi.
Aktyor Tobi Jons Britaniya imperiyasi ordeni ofitseri böldi.
Koronavirusga qarşi kuraşda qatnaşgan köplab fuqarolar ham mukofotlarga sazovor bölişdi.
Britaniya davlat mukofotlari sohiblari nomi bir yilda ikki marta – yangi yil va iyunda, Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II’ning tuğilgan kuni arafasida e'lon qilinadi.












