Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III Berkşirdagi Vindzor qasrida ötkazilgan marosimda sobiq futbolçi Devid Bekhemni ritsarlik unvoni bilan taqdirladi.
Odatga köra, monarx Bekhemning ikki yelkasiga qiliçni tekkizib qöydi. Bu vaqtda sportçi odat böyiça Britaniya qiroli qarşisida tizzasini yerga tekizgan köyi çökkalab turdi.
Devid Bekhemga ritsar unvoni Britaniya futboli va jamiyati oldidagi mehnatlari uçun topşirildi.
Bekhem ritsarlik unvonini olganidan çeksiz faxr tuyayotganini aytib ötgan:
Odamlar mening qançalik vatanparvar ekanligimni bilişadi – men öz vatanimni sevaman. Men har doim monarxiya oilam uçun qançalik muhimligini aytib kelganman. Men butun dunyo böylab sayohat qiliş baxtiga muyassar böldim va barça odamlar men bilan faqat bizning monarxiyamiz haqida gaplaşişni xohlaşadi. Men bundan faxrlanaman.
Unga marosimda turmuş örtoği sobiq qöşiqçi, ayni paytda moda sohasida faoliyat yuritadigan Viktoriya Bekhem, şuningdek, ota-onasi Sandra va Devid hamrohlik qilgan.
2017 yilda moda sohasidagi xizmatlari uçun Britaniya imperiyasi ordeni ofitseri unvoniga sazovor bölgan Viktoriya Bekhem turmuş örtoği marosimda kiygan kostyumni özi tikib bergan.
Endilikda futbolçi ser, uning turşum örtoği esa ledi maqomiga ega böldi.

Andrew Matthews / AFP / Scanpix / LETA
Bekhem 2005 yildan beri Unicef gumanitar taşkiloti bilan hamkorlik qiladi.
2003 yilda u qiroliça Yelizaveta II tomonidan Britaniya imperiyasi ordeni ofitseri unvoniga sazovor bölgandi. 2022 yilda qiroliça vafot etganida, u 12 soatdan köproq vaqt davomida uning tobuti uçun navbatda turgan.
2024 yilda Bekhem talabalar uçun ta’lim kurslarini taklif qiluvçi Qirollik jamğarmasining elçisi etib tayinlangan.
- Devid Bekhem futbolçilik faoliyati davrida «Mançester Yunayted», «Real», «Milan», PSJ, «Los-Anjyeles Gelaksi» klublarida öynagan. «Yunayted» bilan u olti marta Angliya Premer-ligasida ğolib çiqqan, 1999 yilda Çempionlar ligasi kubogini qölga kiritgan. U Angliya milliy jamoasi safida 115 öyinda maydonga tuşib, 17 gol urgan. Ayni vaqtda Bekhem – Amerikaning Lionel Messi töp surayotgan «Inter Mayami» futbol klubi rahbarlaridan biri hisoblanadi.












