U belgilangan masofani 1 soat 36 daqiqa 3,897 soniyada bosib ötdi.

Marra çiziğini ikkinçi bölib “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen kesib ötdi. Niderlandiyalik poygaçi ğolibdan bor-yöği 0,745 soniya ortda qoldi. 3-örinni Hemiltonning jamoadoşi Valtteri Bottas egalladi.

E'tiborlisi, “Formula-1”da debyut qilgan poygaçilar orasida afsonaviy sobiq poygaçi Mixael Şumaxerning 21 yoşli öğli Mik Şumaxer ham bor. “Haas” jamoasi uçun iştirok etayotgan Mik poygani 16-örinda yakunladi.

Poygalarning keyingi bosqiçi Italiyaning Imola şahrida 16—18 aprel kunlari bölib ötadi.

2020 yil 31 dekabrda Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II 35 yoşli Lyuis Hemiltonga avtosportdagi yutuqlari uçun ritsar unvonini bergandi. Sportçi ötgan mavsumdagi ğalabasi evaziga çempionlik unvonlari soni böyiça bungaça rekordçi bölgan Mixael Şumaxer bilan tenglaşib oldi. Biroq Hemiltonda bu natijani ança yaxşilaş uçun hali imkoniyat bor.