36 yoşli Hemilton “Formula-1”ning ritsar unvonini olgan törtinçi poygaçisiga aylandi. Bungaça poygaçilardan Jyeki Styuart, Stirling Moss, Jyek Brebxem hamda Williams poyga jamoasi asosçilari Patrik Xed va Frenk Uilyams uşbu unvonga sazovor bölgan.
Endilikda murojaat qilinganda “ser Lyuis” deb ataladigan poygaçi Vindzor saroyiga onasi Karmen Lokxart bilan birga kelgan. U bunday yuksak unvon bilan taqdirlanişiga qisqagina qilib “Rahmat” deb javob bergan.
Poygaçi avtosport rivojiga qöşgan hissasi uçun Britaniya imperiyasining ritsar unvonini olişi haqida 2020 yil dekabrida ma’lum bölgandi. Hemilton ötgan yil “Formula-1”da yettinçi çempionlikni rasmiylaştirib, bu borada afsonaviy nemis poygaçisi Mixael Şumaxerning rekordini takrorlay olgaç, bunday yuksak şarafga loyiq topilgandi. Biroq joriy mavsumda britaniyalik poygalarning Abu-Dabida ötgan oxirgi bosqiçida navbatdagi çempionlikni qöldan çiqardi va “Şumi”ning rekordidan ötib keta olmadi. Uşbu mavsumda çempionlik Red Bull a’zosi Maks Ferstappenga nasib qildi.
Hemilton “Formula-1”dagi faoliyatini 2007 yilda McLaren jamoasida boşlagan. U bir yil ötib birinçi çempionlikni qölga kiritgan. 2013 yildan boşlab britaniyalik poygaçi Mercedes jamoasi uçun iştirok etadi va u bilan birga yana 6ta çempionlik unvoniga (2014-2015 va 2017-2020 yillar) sazovor bölgan.












