Kuz-qiş oylarida Andijon viloyati Marhamat tumanida bölsangiz, yöllar çetidagi tut daraxtlari «beli»ga poxoldan «belboğ» taqilganiga közingiz tuşadi.

Kun.uz muxbiri nima sababdan şunday qilinişi bilan qiziqib, tuman hokimining qişloq xöjaligi böyiça örinbosari, agronom Tursunali Aliqulovga murojaat qildi.

«Tutga poxol boğlaş ota-bobomizdan qolgan udum bölib, hozirda profilaktik tadbir vazifasini ötaydi. Barçaga ma'lum, qişda köplab haşarotlar, şu jumladan zararkunandalar ham tut daraxtlari tanasida qişlaydi.

Agar tutga bir metr balandlikda poxol boğlab qöyilsa, zararkunandalar uning orasiga kirib olib, qişni öşa yerda ötkazadi. Bahorda esa poxollarni yiğiştirib, çekkaroq joyda yoqib yuborilsa, zararkunandalar qirilib ketadi.

Şu tariqa, tut daraxtlariga zararkunandalar tomonidan ziyon yetkazilişi 25 foizga kamaytiriladi», – deydi Tursunali Aliqulov.

Qayd etiş joiz, Marhamat tumanida pillaçilik böyiça öziga xos maktab bor – marhamatlik pillakorlar har yili çillaki xirmondan yuqori hosil oladilar.

Bundan taşqari, tumandagi tut yetiştiruvçi dehqonlar tomonidan «Marhamat» va «Marhamat 2011» nomli yangi tut navlari yaratilgan.

Elmurod Ermatov