Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qilişiça, Marhamat tumanidagi bank xizmatlari markazlaridan birining boşliği hamda «Norin-Qoradaryo» irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi maşinisti özaro til biriktirib, fuqaroning işonçiga kirgan. Ular tuman hokimligi zaxirasidagi 24 sotix yer maydonining göyoki turar-joy toifasiga oid hujjatlari mavjudligini aytib, uni mansabdor tanişlari orqali fuqaro nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 39 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda maşinist oldindan 25 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan bölib, holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.