Saudiya Arabistoni hukumati koronavirusning yangi ştammi bilan boğliq holda mamlakatga kirişga kiritilgan taqiqlovni bekor qildi. Taqiqlov 21 dekabrdan amal qilib kelayotgandi.
SPA axborot agentligining xabar berişiça, xorijliklar podşohlikka kirişdan oldin Britaniya, JAR va koronavirusning yuqumliroq yangi turi tarqalayotgan boşqa davlatlarda 2 haftadan köproq vaqt bölmagan bölsalar, Saudiya Arabistoniga kiritiladilar. Bundan taşqari, koronavirusga manfiy test taqdim qiliş va xorijlik qaysi davlatdan kelayotganiga boğliq holda 3 kundan 14 kungaça karantinda qolişi kerak böladi.
Saudiya Arabistoni Britaniya boş vaziri Boris Jonson koronavirusning yangi ştammi 70 foizga yuqumliroq ekanini ma'lum qilgandan keyin öz çegaralarini yopişga qaror qilgandi. Şu sababga köra, şuningdek, dekabrda önlab davlatlar Britaniya bilan aviaaloqani töxtatişga qaror qilgandi.












