Voyaga yetmagan qizning nomusiga tegişda ayblanayotgan xonanda Jasur Umirov ustidan tergov yakunlanib, jinoyat işi 5 yanvar kuni sudga oşirildi.

Jinoiy iş 2020 yil 9 oktabr kuni qözğatilib, gumonlanuvçi 21 dekabrda ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan edi.

Samarqand viloyati prokuraturasi xabariga köra, tergov davomida ayblanuvçining aybi maqbul dalillar bilan töliq tasdiqlangan.

Şu sababli Jasur Umirov JKning 118-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblanib, iş körib çiqiş uçun jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudiga yuborilgan.

Uşbu ayblov (şaxsning 18 yoşga tölmaganini bila turib nomusga tegiş) sudda tasdiqlangan taqdirda, xonanda 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.

Şu bilan birga, şu iş doirasida fuqaro A.Z. va Ş.Q.larga JKning 241-moddasi 2-qismi (Oğir yoki öta oğir jinoyatlarni oldindan va'da bermasdan yaşiriş) va boşqa moddalari bilan ayblov e'lon qilingan.

Eslatib ötamiz, voqea 2020 yil iyunida Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida röy bergan. Holat Kun.uz'da yoritilgunga qadar tuman IIB mazkur holatda jinoyat alomatlari bölmagan, deb topib, jinoyat işi qözğatişni rad etgandi.