Bugun, 2 fevral kuni jinoyat işlari böyiça Kattaqörğon şahar sudi xonanda Jasur Umirov va uning ikki nafar tanişi ustidan hukm çiqardi.
Oliy sud axborot xizmati xabariga köra, sud hukmi bilan:
- Jasur Umirov Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi;
- A.Z. va Ş.Q. esa Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolğon guvohlik beriş) 1-qismi va 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yaşiriş) 2-qismi bilan aybli deb topilib, ularga JKning 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) tartibida uzil-kesil 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Ma'lumot uçun, tergov organi Jasur Umirovga JKning 118-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblov e'lon qilgan edi. Bu band nomusiga tegilgan şaxsning 18 yoşga tölmagani aybdorga ayon bölgan holni nazarda tutadi va oğirroq sanksiyani (10 yildan 15 yilgaça qamoq) keltirib çiqaradi. Prokuror suddan Umirovni 12 yilga ozodlikdan mahrum qilişni söragan, ammo sud ayblanuvçini şu moddaning 1-qismi bilan aybdor deb topgan.
Şuningdek, prokuror A.Z. va Ş.Qlar uçun 3 yil 8 oy muddat berilişini söragan.
Sudlanuvçilar, jabrlanuvçi va uning qonuniy vakili hukm nusxasini olgan vaqtdan boşlab 20 sutka içida Samarqand viloyat sudining jinoyat işlari böyiça apellyatsiya instansiyasi sudlov hay'atiga apellyatsiya tartibida şikoyat qilişga va protest keltirişga haqli.
Sud JPKning 19-moddasi 1-qismiga binoan yopiq tarzda bölib ötdi.
- Eslatib ötamiz, Kun.uz Samarqandda litseyning birinçi kursini endigina tamomlagan qizning nomusiga tegilgan bölişi mumkinligi haqida sentabr oyida jurnalist suriştiruvi e'lon qilgan edi. Bunga qadar Kattaqörğon tuman IIB mazkur holatda jinoyat alomatlari bölmagan deb topib, jinoyat işi qözğatişni rad etgan.
- Maqola e'lon qilingaç, sentabr oyida Samarqand viloyat prokuraturasi IIBning jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqidagi qarorini bekor qildi va qayta tekşiruv








