«Hozirda uşbu holat böyiça dastlabki tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borib, yuz bergan holatda biror-bir şaxsning harakatida jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqidagi asos bilan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqida qaror qabul qilgan Kattaqörğon tuman IIB TB tergovçisining harakatlari böyiça Kattaqörğon şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Samarqand viloyat prokuraturasi axborot xizmati ma'lumotida.
2020 yil sentyabrida Kun.uz saytida Samarqandda litseyning birinçi kursini endigina tamomlagan qizning nomusiga tegilgani böyiça suriştiruvi e'lon qilingandi. Unda xususan, qizning yaqinlari 2020 yilning 15 iyunida J.Umirov ustidan dastlab Kattaqörğon tumani IIBga murojaat qilgani aytilgandi.
Samarqand viloyat IIB tahririyat yöllagan söroviga javoban bergan izohida mazkur holatda J.Umirov va boşqalarning harakatlarida jinoyat alomatlari bölmagani sababli, JPKning 36-moddasi, 83-moddasi 2-bandini qöllab, töplangan hujjatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqida qaror qabul qilingandi. IIB qizning yaqinlariga fuqarolik sudi hamda turmuş quriş masalasida Kattaqörğon tumani FHDYo organiga murojaat qilişni tavsiya etgandi.
Maqola e'lon qilinganidan bir kun ötib Samarqand viloyat prokuraturasi Kattaqörğon tuman IIB TBning jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqidagi qarorini bekor qildi. Töplangan hujjatlar viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida örganib çiqilganda, bir qator tergovga qadar tekşiruv harakatlari töliq bajarilmagani, JPKning 22-moddasida talablarga rioya etilmaganligi, iş böyiça isbotlanişi lozim bölgan barça holatlar sinçkovlik bilan tekşirib körilmasdan, şoşma-şoşarlik bilan qabul qilingani aniqlangandi.
Oktyabr oyida jinoyat işi qözğatildi, 21 dekabr kuni Jasur Umirov ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olindi






