Içki işlar vazirligi Tergov departamenti voyaga yetmagan qizning nomusiga tegişda ayblanayotgan xonanda Jasur Umirov işi böyiça tergovning ayrim tafsilotlarini ma'lum qildi.

Tergov jarayonida aniqlanişiça, 2020 yil 13 iyun kuni Urgut tumani Oqmaçit mahallasida yaşovçi voyaga yetmagan fuqaro (2003 y.t.) va uning Kattaqörğon tumani Kattakörpa mahallasida yaşovçi dugonasi (2003 y.t.) uning tanişi – xonanda Jasur Umirov bilan yaqindan tanişiş uçun Kattaqörğonga borgan.

Tergov xulosasida Jasur Umirov ularni tanişining uyiga olib borgani, pivo içirib, qizning ojizligidan foydalanib, nomusiga tekkani aytiladi.

Bundan taşqari, ma'lum bölişiça, J.Umirovdan taşqari uning ikki tanişi ham voyaga yetmagan jabrlanuvçining nomusiga tekkan.

Xonanda 21 dekabr kuni ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan edi. Uning ikki tanişiga nisbatan «garov» ehtiyot çorasi qöllangan.

Oliy sud axborot xizmati bergan xabarga köra, uşbu jinoyat işi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda köriladi.

Jinoyat işi 6 yanvar kuni JPKning 391-moddasi (jinoyat işining hududiy jihatdan sudlovga tegişliligi) tartibida, ya'ni jinoyat sodir etilgan hududdagi jinoyat işlari böyiça Kattaqörğon şahar sudiga mazmunan körib çiqiş uçun yuborildi.

Jasur Umirov Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi «a» bandi (şaxsning 18 yoşga tölmaganini bila turib nomusga tegiş) bilan ayblanmoqda.

Yana ikki nafar şaxs qizning nomusiga tekkani aniqlangan bölsa-da, ularga nomusga tegiş ayblovi qöyilmagan. Sudlanuvçilar A.Z. va Ş.Q. Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolğon guvohlik beriş) 1-qismi va 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yaşiriş) 2-qismi bilan ayblangan.

Eslatib ötamiz, avvaliga Kattaqörğon tuman IIB jinoyat işi qözğatişni rad etgaç, sentyabr oyida qizning özi va yaqinlari Kun.uz'ga voqea haqida ma'lumot bergan edi. Öşanda Umirov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda qizning voyaga yetmaganini bilmaganini aytgandi