O‘zbekiston | 12:00 / 08.01.2021
10361
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

BARAKA MARKET – vaqtingiz va pulingizni tejaydi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning jadal taraqqiy qilishi evaziga bugun bozorda iste'molchi uchun haqiqiy kurash ketmoqda. Ilgari mamlakatimiz ko‘pchilikka rang-barang bozorlarimiz orqali tanish bo‘lgan bo‘lsa, endilikda uylar oldida kerak bo‘lsa, bozorlar o‘rnini bosa oladigan ko‘plab zamonaviy savdo majmualari, supermarket va do‘konlar mavjud. Garchi siz bu yerda savdolasha olmasangiz-da, savdo nuqtalarida hamisha turli xil aksiyalar va maxsus takliflar o‘tkazib turishadi, shuningdek, qulay va ozoda, iste'molchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Hammasini tez va bir joydan xarid qilish mumkin. Bundan tashqari, do‘konlarda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi, soflik va sifatini ta'minlash va nazorat qilish ancha oson.

Bugun butun dunyoda eng muhim tendensiya shundan iboratki, yirik tarmoqlar «uyga yaqin do‘kon» formatiga tobora ko‘proq urg‘u berishyapti. Axir, hozirda vaqt – eng qimmatbaho resurs. Ayniqsa, yirik shaharlar aholisi vaqtning qadrini yaxshi his qilishadi va shu sababli ular vaqtni nimalarga sarflashayotgani haqida tez-tez bosh qotirishadi. Ba'zilar tirbandliklarda qolib ketmaslik uchun navigatorlardan foydalansa, boshqalar ortiqcha vaqt va pul sarflamaslik uchun uylariga yaqin joydan xarid qilishadi.

Nega bugun ko‘pchilik BARAKA MARKET'ning «uyga yaqin do‘kon»larini afzal ko‘rishadi?

Savdo nuqtalari konsepsiyasi oddiy: 60-400 kv. metr maydonda kundalik iste'mol uchun zarur bo‘lgan – yangi sabzavotlar va mevalardan tortib, maishiy kimyoviy vositalargacha istalgan narsani topsa bo‘ladi. Shu bilan birga tovarlar tokchalarga qulay joylashtirilgan – baland tokchalar, tor yo‘laklar yo‘q. BARAKA MARKET do‘konlari unchalik katta bo‘lmagan maydonga ega, tanaffus va dam olish kunlarisiz kechgacha ishlaydi. Bu yerga ishdan qaytishda haftalik bozorlik qilish uchun yoki uyda shakarmi, unmi tugab qolganida «birrov»ga kirib o‘tish mumkin.

Nima bo‘lganda ham, eng muhimi, bunday do‘konlarning keng ommalashishi sababi – ularning yaqinligida. Ba'zan bu yerda assortiment supermarketlardagiga qaraganda unchalik katta bo‘lmasligi mumkin, lekin ro‘yxat bo‘yicha xaridlarni to‘liq amalga oshirish uchun butun shaharni aylanib chiqish va kunning yarmini sarflab yuborish shart emas. Kerakli mahsulotlarni navbatlarsiz sotib olish uchun yo‘lni kesib o‘tish yoki uydan 200 metr nariga borish kifoya. «Uy yaqinida» formatidagi do‘konlar mahsulotlarning yangiligi evaziga qalblarga kira oldi. Bu tushunarli, albatta: aynan saqlash muddati qisqa bo‘lgan mahsulotlar bilan tez va mazali kechki ovqat tayyorlash uchun mijozlar deyarli har kuni tashrif buyurishadi. Birinchi navbatda – go‘sht, sut mahsulotlari, meva-sabzavotlar, non va qandolat mahsulotlari.

Bundan tashqari, BARAKA MARKET do‘konlar tarmog‘i mahsulotlar sifatining qat'iy nazorati, zarur tovarlar assortimentining barqarorligi, shuningdek, xodimlarning xushmuomalalik bilan mijozlarni jalb qilishi kabi qat'iy standartlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, savdo nuqtalarida muntazam ravishda ko‘plab aksiya va maxsus takliflar o‘tkazib turiladi. Xodimlar tomonidan esa savdo tarmoqlaridagi narxlar doimiy nazoratdan o‘tkazilib, raqobatchilarning narx siyosati monitoring qilib boriladi.

2020 yilning dekabr oyida BARAKA MARKET'ning 24 ta chakana savdo do‘konlari ochildi, 8 yanvarda yana 2 ta nuqta ishga tushadi:

1. Uchtepa tumani, Katta Xirmontepa ko‘chasi, 68B uy;

2. Yunusobod tumani, Moyqo‘rg‘on ko‘chasi, 78B uy.

Yanvar oyi oxiriga kelib esa ularning soni 50 taga yetadi. Ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklarimizni kuzatib boring:

Sayt: www.barakamarket.uz

Facebook: fb.com/barakamarket.uz

Instagram: @barakamarket.uz

Telegram: t.me/barakamarket_uz

Telefon: +998 90 024-17-10

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid