Maktabgaça ta'lim vazirining birinçi örinbosari Qahramon Olimov boğçalardagi kadrlarning malakasi haqida ma'lumot berdi.
«Maktabgaça ta'lim taşkilotlarida 116 ming nafar pedagog faoliyat körsatadi. Şulardan faqatgina 34 ming nafari oliy ma'lumotli.
Bundan taşqari, olib borgan örganişlarimiz örta ma'lumotli tarbiyaçilarning kasbiy kompetensiyasi yetarli darajada emasligini körsatdi.
Şu bois tizimdagi kadrlarning umumiy sonida oliy ma'lumotlilar salmoğini oşirişga harakat qilinmoqda. Buning uçun OTMlarning mazkur yönalişlarida qabul kvotalarini oşiriş va turdoş yönalişda tahsil olganlarni qayta tayyorlaş orqali sohaga jalb qiliş rejalaştirilgan», – dedi Qahramon Olimov 8 yanvar kungi brifingda.
Brifing davomida bildirilişiça, Surxondaryo, Qaşqadaryo, Andijon, Toşkent viloyatlarida bolalarni maktabgaça ta'lim bilan qamrab oliş darajasi örtaça körsatkiçdan past bölib qolmoqda. 2021 yilda şu viloyatlarga alohida e'tibor beriş közda tutilgan.
Vazir örinbosari 2021 yilda tizimda kutilayotgan özgarişlarga töxtaldi.
«2020 yil yakuni böyiça maktabgaça ta'lim bilan qamrab oliş körsatkiçi 60 foizga yetgan. Bu körsatkiçni 2021 yil oxirigaça 65 foizga yetkaziş rejalaştirilmoqda.
Joriy yil yakuniga qadar 225ta MTTda quriliş va rekonstruksiya işlari amalga oşiriladi. 2000dan ortiq oilaviy, 40ta davlat-xususiy şerikçiligi asosidagi nodavlat ta'lim taşkilotlari faoliyati yölga qöyiladi.
6 yoşli bolalarning 560 ming nafari, ya'ni 82 foizini maktabga tayyorlaşning bepul tizimi bilan qamrab oliş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, Jahon banki va YUNISEF bilan hamkorlikda imkoniyati çeklangan bolalar uçun uyda maktabgaça ta'lim xizmatini körsatiş tizimi yölga qöyiladi», – deya Olimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.













