Indoneziya poytaxti Jakarta dunyoning aholisi eng ziç joylaşgan şahriga aylandi, deyiladi BMT Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamentining aholi bölimi tadqiqotida (.pdf).

Hozir şaharda 42 mln aholi istiqomat qiladi, bu qiymat şaharga tutaşib ketgan köplab aholi punktlari bilan birga hisoblangan.

Aholi ziçligi körsatkiçi böyiça reytingda ikkinçi örinni 37 mln kişi istiqomat qiladigan Bangladeş poytaxti Dakka egallagan. Uçinçi örin Yaponiya poytaxti Tokioga nasib etdi - megapolisda 33 mln kişi istiqomat qiladi.

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 2018 yilda e’lon qilingan avvalgi hisobotida Tokio aholi ziçligi böyiça 37 mln kişi bilan birinçi örinni egallagan edi.

BMT dolzarb hisobotni tayyorlaşda urbanizatsiya parametrlarini yanada aniqroq oliş va aholi punktlarini tasniflaş imkonini beruvçi yangi metodologiya va mezonlar qöllanilganini ta’kidladi.

Hozir şaharlarda yaşovçi odamlarning uluşi sayyoramizdagi 8,2 milliard aholining qariyb 45 foizini taşkil etadi. Megapolislar (aholisi 10 mln kişidan kam bölmagan şaharlar) soni 2025 yilga borib 33 taga yetdi. Dunyodagi aholisi eng ziç 10 ta şahardan 9 tasi Osiyoda joylaşgan. Jakarta, Dakka va Tokiodan taşqari Nyu-Dehli, Şanxay, Guançjou, Qohira, Manila, Kalkutta va Seul şaharlari şular jumlasidandir.

BMT prognoziga köra, 2050 yilga borib dunyo aholisi ösişining uçdan ikki qismi şaharlarga töğri keladi. Asr örtalariga kelib Dakka dunyoning eng yirik şahriga aylanişi kutilmoqda.