Özbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan boşlab issiqlik taʼminoti va issiq suv tariflarini oşiriş rejalaştirilmoqda. Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi bu haqdagi hukumat qarori loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.

Qayd etilişiça, Özbekiston prezidentining 2025-yil 11-martdagi 100-sonli qaroriga asosan, 2030-yilga qadar issiqlik taʼminoti xizmatlari uçun aholiga qöllanadigan pasaytirilgan tariflarni bosqiçma-bosqiç tannarx darajasiga yetkaziş nazarda tutilgan.

Loyihada respublikadagi barça hududlarda aholi uçun 1-noyabrdan kuçga kirişi taklif etilayotgan issiqlik va issiq suv tariflari keltirilgan.

Xususan, Toşkent şahri böyiça tariflar quyidagiça özgarişi mumkin (narxlar QQS bilan körsatilgan):

  • Issiqlik energiyasi - 1 Gkal uçun 203 636 söm (+30%, hozir - 156 643 söm).

  • Isitiş - 1 m2 uçun 1 kunga 314 söm (+30%, hozir - 241,44 söm).

  • Issiq suv, hisoblagiç bölganda - 1 m3 uçun  11 607 söm (+30%, hozir - 8928,67 söm).

  • Issiq suv, hisoblagiçsiz - 1 odam uçun / 1 oyga 45 330 söm (+30%, hozir - oşiruvçi koeffitsiyentsiz 34 868,93 söm; agar 1,5 karra oşiruvçi koeffitsiyent bekor qilinsa, tarif amaldagi 52 303,39 sömdan 45 330 sömga yoki 13,3 foizga pasayişi mumkin).

Poytaxtdagi umumiy yotoqxonalarda yaşaydigan aholi uçun markazlaşgan issiq suv taʼminoti tarifini 1 odam uçun 1 oyga 33 720 söm deb belgilaş ilgari surilmoqda (amaldagi oşiruvçi koeffitsiyentsiz tarifga nisbatan +30%).

Toşkent şahrida issiq suv va issiqlik taʼminoti tariflari oxirgi marta 2025-yil 12-noyabrda oşirilgan edi.

Respublika hududlari böyiça 2026-yil 1-noyabrdan quyidagiça tariflarni örnatiş taklif etilmoqda (QQS bilan körsatilgan):