10 yanvar kuni soat 17:10da Jizzax şahrining Mustaqillik köçasi böyida qurilayotgan köp qavatli uylardan birining bir qismi qulab tuşdi.

Boş prokuratura axborotiga köra, 6 qavatli bino, ya'ni 1-2-qavatlari savdo dökoni, 3-6-qavatlari 11ta xonadondan iborat bölgan binoning 240 kv.metrli 7ta xonadoni qulab tuşgan. Bino qulaşi oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bölganlar yöq. 

Hodisa sabablarini aniqlaş maqsadida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

FVV ma'lumotiga köra, uşbu uyning quriliş işlari 2020 yil mart oyida boşlangan bölib, dekabr oyida vaqtinçalik tugatilgandi.

Kun.uz muxbiri voqea joyida bölib, hodisadan keyingi holat aks etgan suratlarni taqdim etdi.