Hukumat qarori bilan Jizzax şahrining boş rejasiga özgartiriş kiritiş loyihasi tasdiqlandi.

Qayd etilişiça, boş rejada Jizzax şahri hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş xususiyatlarini, tabiiy-iqlim şaroitlarini hamda kelajakda aholi sonini inobatga olgan holda rivojlantirişning asosiy yönalişlari belgilangan.

Şuningdek, hududlarning zonalaştirilişi va ularni quriş navbati, aholi punkti hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qiliş, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantiriş çora-tadbirlari, aholi punktining qurilgan va qurilmagan hududlari nisbati, aholi punktini rivojlantiriş uçun zaxira hududlar va çegaralar hamda iqtisodiy, sanoat va hududiy salohiyati, aholining köpayiş sur’atini nazarda tutuvçi loyiha yeçimlari közda tutilgan.

Hujjatga köra, hisob davri yakuniga qadar Jizzax şahri aholisi 191,6 ming nafardan 460 ming nafarga, şahar hududi esa 6520 gektardan 12730 gektarga özgaradi. Şahar Şarof Raşidov tumanidagi 24ta mahallaning qöşib olinişi hisobidan kengayadi.

Uy-joy fondi umumiy maydoni 3048,88 ming kv.metrdan 9660 ming kvadrat metrga yetkaziladi, ya’ni qariyb qariyb uç baravarga oşiriladi.

Uy-joy bilan ta’minlaniş darajasi esa bir kişiga 15,9 kv.metrdan 21 kv.metrga yetadi.

Maktabgaça ta’lim taşkilotlaridagi örinlar soni 11,8 mingtadan 29,4 mingtagaça, umumta’lim maktablaridagi örinlar 34,3 mingtadan 78,2 mingtagaça, şifoxonalardagi örinlar soni 2323tadan 11,4 mingtaga yetkaziladi.

Içimlik suvi ta’minoti, kanalizatsiya, elektr, gaz va issiqlik ta’minoti quvvatlari bir neça barobarga oşiriladi. Bundan taşqari, yaşil hududlar maydonini 50 gektardan 460 gektarga yetkaziş, Sangzor daryosi böyida dam oliş maskanlarini taşkil etiş, kanal va kollektorlar atrofini kökalamzorlaştiriş ham rejalaştirilgan.

Avvalroq Buxoro şahrining boş rejasi tasdiqlangandi.