Jizzaxlik bloger Orzigul Urazmatova YTHga uçrab, vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, YTH 4-avgustdan 5-avgustga ötar keçasi yarim tunda Jizzax şahrida sodir bölgan. Orzigul Urazmatova boşqaruvidagi Lacetti yöldan çiqib ketib, daraxtga borib urilgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, bloger rulda video olişga çalğigan va boşqaruvni yöqotgan.
YTH oqibatida Orzigul Urazmatova oğir tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan. Biroq körsatilgan tibbiy yordamga qaramay u vafot etgan.
Orzigul Urazmatova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maşina boşqaruvi paytida tasvirga olingan video lavhalarni e’lon qilib kelgan.
“Jizzax şahri markaziy köçalarida tungi paytlarda poygalar uyuştirilayotgani bir neça bor tanqid qilindi. Ammo bunday poygalar hamon töxtamayapti. Ularning ayrimlari ayançli yakunlanmoqda”, deydi Kun.uz manbasi.












