Jizzax şahrining markaziy köçalari tunggi vaqtlarda jamoat yöli emas, yoş yigitlarning "avtodromi"ga aylanib qolmoqda: boşqalar hayotini bir çaqaga olmaydigan ba’zilar yölda köngillari ne tusasa şuni qilişyapti. Ular hatto viloyat hokimligi va DXX binolari joylaşgan markaziy köçada ham özlarini “erkin quş” kabi his qilib, maşinasini bemalol qarama-qarşi yönalişda boşqarib, drift qilib yurişibdi. Ammo negadir ularning muşugiga heç kim pişt demayapti.

Jizzax şahri köçalari şunçalik bedarvoza bölib ketganmi? Onix avtomobili Jizzax şahrining Şarof Raşidov köçasida bemalol manyovrlar qilib, yölning qarama-qarşi tomoniga ötib, haydovçi özini juda bemalol qöyganini körişimiz mumkin böladi. Ayni köçada Jizzax viloyati hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyat boşqarmasi binolari joylaşgan. Xuddi öşa avtomaşina Islom Karimov köçasiga ötib, u yerda ham boşqa harakat iştirokçilariga xalaqit berib, özidan boşqa bir insonni, piyodalarni umuman hurmat qilmagan holda yana yölning qarama-qarşi yölagida harakatlanganini köriş mumkin. Kun.uz manbasi xabar qilişiça, videolar 12 fevral kuni tunda olingan.

Umuman olganda, bu Jizzaxda sodir bölayotgan şu kabi qoidabuzarliklarning birinçisi emas. Biz oldin ham aynan Şarof Raşidov köçasida, ya’ni Jizzax viloyati hokimligi va Davlat xavfsizlik xizmati binolari joylaşgan köçada qarama-qarşi yölakda harakatlangan haydovçining xatti-harakatlari haqida video qilgandik va öşa video e’lon qilinmagunça, Jizzax viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi holatga umuman rasmiy munosabat bermagan.

Kun.uz’ga uşbu videolarni yuborgan kuzatuvçilarning sözlariga köra, bu turdagi qoidabuzarliklar Jizzax şahri köçalarida surunkali “kasallik”ga aylanib boryapti. Xususan, şaharning Mustaqillik, Toşkent köçalarida ham haydovçilar tungi vaqtlarda poygalar uyuştirayotgani, bemalol, bamaylixotir köçaning qarama-qarşi yönalişida, ya’ni boşqa iştirokçilarga xalaqit bergan holda tarallabedod qilib yurganini ham körişimiz mumkin. Bu videolar ham Kun.uz tahririyatida mavjud.

Yaqinda Jizzax şahrida 17 yoşli qizni piyodalar yölakçasida ötayotganda Cobalt maşinasi urib yuborgandi.