Qayd etilişiça, aholi qölida hanuz ma'lum miqdorda eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 sömlik tangalar va banknotlar saqlanib qolmoqda.
Markaziy bank boşqaruvining 2021 yil 9 yanvardagi yiğilişida eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 sömlik banknotlar va tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan amaldagi pul belgilariga almaştirib berişning oxirgi muddati 2022 yil 1 yanvar etib belgilaş töğrisida qaror qabul qilindi.
“Qölingizda qolib ketgan eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 sömlik tangalar va banknotlarni 2022 yilning 1 yanvariga qadar Markaziy bankning joylardagi Hisob-kitob kassa markazlarida muomaladagi pul belgilariga almaştirib olişlari mumkinligini ma'lum qilamiz”, — deyiladi axborotda.
Eslatilişiça, “Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 sömlik tangalarini, şuningdek, 50, 100, 200 va 500 sömlik banknotlarini ayirboşlaş hamda muomaladan qaytarib oliş tartibi töğrisida”gi nizomga asosan 1997 yil namunasidagi 200 sömlik, 1999 yil namunasidagi 500 sömlik banknotlar 2020 yil 1 iyuldan qonuniy tölov vositasi sifatida öz kuçini yöqotgan.
Ularning örniga 2018 yildan buyon 200 va 500 sömlik tangalar doimiy ravişda muomalaga çiqarib borilmoqda.
2020 yil 1 iyuldan buyon uşbu nominaldagi banknotlar, şuningdek, 50 va 100 sömlik tangalar va banknotlar faqat Markaziy bankning hududiy Boş boşqarmalari Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan qabul qilinib, muomaladagi pul belgilariga almaştirib berilmoqda.











