Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri örinbosari Erkin Muhiddinov 11 yanvar kuni AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida Özbekistondagi işsizlik darajasi haqida ma'lumot berdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.  

Vazir örinbosarining aytişiça, 2020 yilda işsizlik darajasi keskin sur'atda oşgan. Uşbu özgariş pandemiyaning salbiy oqibatlari bilan izohlanadi.

«Özbekistonda pandemiyadan oldin normal işsizlik körsatkiçi 9,3-9,4 foizga teng bölgan bölsa, ötgan yilning yarmiga borib 13 foizdan oşib ketdi. Sentyabr oxirida 11,1 foizga tuşdi. Hozirda işsizlik darajasi 10 foiz atrofida.

2020 yilda 1 million 32 ming jismoniy va yuridik şaxslarga xizmat körsatdik. Buning uçun bandlikka kömaklaşiş va jamoat işlari jamğarmasiga 677 milliard söm mablağ ajratildi.

Ötgan yilda 362 ming işsizlarni doimiy iş örniga joylaştirdik. Bundan taşqari, pandemiyani hisobga olib vaqtinçalik işlarga ham e'tibor qaratdik. Ötgan yili 519 ming, ya'ni yarim million nafardan ortiq fuqarolar jamoat işlariga jalb qilindi. Tadbirkorlik böyiça 9900 aholi band qilindi», – dedi vazirlik rasmiysi.

Avvalroq, Özbekiston prezidenti parlamentga qilgan murojaatida kambağallikdan çiqib ketiş maqsadlari uçun 2021 yilda bajarilişi közda tutilgan işlar yuzasidan ma'lumot bergandi.  Uşbu maqsadda har bir tumanning imkoniyati va rivojlaniş yönalişidan kelib çiqib, dehqonçilik bilan şuğullanadigan oilalarga 10 sotixdan 1 gektargaça yer maydonlari ajratiladi.

Ehtiyojmand aholi bandligini ta'minlaşga Bandlikka kömaklaşiş hamda Jamoat işlari jamğarmalaridan 500 milliard söm yönaltirilişi aytilgan.

2021 yilda jami 40-60 ming fuqaroning kasbiy malaka darajasini tasdiqlaş rejalaştirilgan. Şu yili işsizlik nafaqasi miqdori 3 barobargaça oşiriladi. Mazkur tizimning joriy etilişi natijasida Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan nafaqalar uçun 2021 yilga 50,0 milliard söm mablağ ajratilişi közda tutilgan.