Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni parlamentga qilgan murojaatida kelgusi yilda professional ta'lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangiça yondaşuvlar asosida isloh qilinişini, 1 yanvardan talab yuqori bölgan kasblar böyiça fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlaş tizimi joriy etilişini ma'lum qilgan edi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Kun.uz’ga murojaatnoma yuzasidan 2021 yil davomida vazirlik tomonidan amalga oşirilişi belgilangan aniq maqsad va rejalar haqida ma'lumot berdi.
«Kelgusi yilda professional ta'lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangiça yondaşuvlar asosida isloh qilinadi. Bundan buyon işçi kasblar böyiça talab qöyişda malaka asosiy öringa çiqadi. Şuning uçun murojaatnomada hukumat kelgusi yil 1 yanvardan talab yuqori bölgan işçi kasblar böyiça fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlaş tizimini joriy etiş masalasi qayd etib ötildi”, – dedi Nozim Husanov.
Ma'lum qilinişiça, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi zimmasiga işçi kasblar böyiça fuqarolar malaka darajasini ixtiyoriy baholaş tizimini joriy etiş böyiça kasbiy malaka, bilim va könikmalarni rivojlantiriş milliy tizimining faoliyatini taşkil etiş hamda bilim va könikmalarni baholaş markazlarini akkreditatsiyadan ötkaziş tartibi töğrisidagi Hukumat qarorining loyihasini işlab çiqiş yuklatilgan.
«Undan taşqari, 2021 yil davomida har bir hududda 1 tadan xalqaro andozalar va zamonaviy texnologiyalar jalb etilgan «Işga marhamat» monomarkazlari işga tuşadi. Uşbu monomarkazlarda ham kasbiy malaka darajasini baholaş va tasdiqlaş faoliyati taşkil etiladi. Uşbu monomarkazlarda kasbiy malaka darajasi baholangan şaxslarga xalqaro darajadagi hujjat – Skills pasport beriladi.

Şuningdek, iqtisodiyotning talab yuqori bölgan 22 ta tarmoği (quriliş, kimyo va neft-kimyo sanoati, elektrotexnika sanoati, yengil sanoat (töqimaçilik va tikuv işlab çiqariş), oziq-ovqat sanoati, Turizm va mehmonxona xöjaligi, aloqa va axborot texnologiyalari va boşqa tarmoqlar) kasblari böyiça malakalarni baholaş markazlari taşkil etiladi.
Şuni alohida ta'kidlaş joizki, fuqarolarning işçi kasblar böyiça malaka darajasini baholaş nafaqat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi monomarkaz va öquv markazlar, balki aksariyat qismi nodavlat (tijorat) korxona va taşkilotlar tomonidan amalga oşirilişi belgilangan.











