AQŞda Las-Vegas, Makao va Singapurda kazinolarga egalik qiluvçi Las Vegas Sands kompaniyasi asosçisi, milliarder Şeldon Adelson 87 yoşida vafot etdi. Kompaniyada ta'kidlanişiça, milliarderning vafotiga nexodjkin limfomasi deb ataluvçi saraton kasalligini davolaş bilan boğliq asoratlar sabab bölgan.

“Bizning asosçi va uzoqni köruvçi yetakçimiz Şeldon Adelson nexodjkin limfomasini davolaş bilan boğliq asoratlardan 87 yoşida vafot etdi. Muhojirlar oilasida tuğilgan va Bostonning kambağal tumanida ulğaygan mister Adelson köça burçagida gazeta sotgan ösmirdan dunyodagi eng muvaffaqiyatli tadbirkorgaça bölgan yölni bosib ötgan”, deyilgan kompaniya xabarida.

Marhumning rafiqasi Miriam Adelson turmuş örtoği “uzoq davom etgan kasallik asoratidan” vafot etganini tasdiqlagan.

Las Vegas Review Journal naşrining xabar berişiça, Adelson 2019 yildan beri uşbu kasallikdan aziyat çekkan. Ta'kidlanişiça, milliarder rafiqasining vatani Isroilda dafn etiladi.  

Forbes böyiça boyligi 35 mlrd dollarga baholangan milliarder AQŞ  Respublikaçilar partiyasining yirik homiylaridan va Donald Trampning eng nufuzli tarafdorlaridan biri bölgan. 2016 yilgi saylov kampaniyasi vaqtida Adelsonni “Trampning hamyoni” deb ataşgan.

Fox News naşrining ta'kidlaşiça, 2020 yilgi saylov kampaniyasi davomida Trampning “sodiq va uzoq yillik tarafdori” bölgan Adelson respublikaçilarni qöllab-quvvatlaş uçun hammadan köproq mablağ – 430 mln dollar sarflagan. 

Öz saylov kampaniyasi vaqtida Adelsonning moliyaviy kömagidan foydalangan Kiçik Jorj Buş marhum biznesmenni “amerikalik vatanparvar, saxovatpeşa va Isroilning jur'atli tarafdori” deb atagan.