Şu örinda Kun.uz naşri ham loyihaning rasmiy axborot hamkori sifatida jurnalistika sohasida tölov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uçun ta'lim granti e'lon qiladi.
Uşbu grantda jurnalistika yönalişining bakalavr bosqiçida ta'lim olayotgan barça bosqiç talabalari iştirok etişi mumkin. Grant ma'lum bir oliy ta'lim muassasasi uçun möljallanmagan, jurnalistika yönalişi qaysi OTMda öqitilsa, öşa oliygoh talabalari iştirok etişlari mumkin.
Buning uçun talabalar avvalo metsenat.uz saytidan röyxatdan ötişlari va öz şaxsiy anketalarini töldirişlari kerak. Şundan keyin quyidagi havola orqali ötib, Kun.uz naşri e'lon qilgan grantga onlayn ariza yuboriş lozim böladi.
Ğoliblarni saralab olişda talabaning moddiy ehtiyojmandligi, öqişdagi özlaştiriş körsatkiçlari hamda ijtimoiy hayotdagi faolligi va yutuqlari inobatga olinadi.
Tanlov yakunida 20 nafar talabaga bir yillik stipendiyasiz tölov-kontraktining 50 foizi miqdorida summasi (2.885.674 söm) Kun.uz naşri tomonidan qoplab beriladi. Ta'lim grantining umumiy miqdori 58 mln sömni taşkil etadi.
Arizalar joriy yilning 24 yanvariga qadar metsenat.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Eslatib ötamiz, Metsenat.uz – bu ta'limga homiylik qiluvçi metsenatlar hamda talabalar örtasida öziga xos köprik vazifasini ötovçi ijtimoiy loyiha bölib, unda turli taşkilotlar, idoralar, kompaniya va tadbirkorlar ta'lim granti hamda stipendiyalar e'lon qilişlari mumkin. Hozirda platformada yana quyidagi grantlar uçun arizalar qabul qilinmoqda:
👉 «Project Managers» MÇJ tomonidan özlaştirişidan qat'i nazar bölajak IT-mutaxassislari uçun e'lon qilingan 20 mln sömlik grant.
Kvota: 5ta
Arizalar: 245ta
Batafsil ma'lumot uçun havola
👉 Şuningdek, Qaşqadaryo viloyati hokimligi tomonidan qaysi hududda öqiyotganidan qat'i nazar qaşqadaryolik talabalar uçun innovatsion loyihalarga yönaltirilgan ijtimoiy grant e'lon qilingan. Unda 1 mln sömdan 100 mln sömgaça budjetga ega bölgan birorta innovatsion loyiha taqdim qiliş kerak. Viloyat hokimligi ma'qul bölgan loyihani sotib oladi, ya'ni moliyalaştiradi. 6ta yönaliş böyiça jami 18 nafar ğolibga möljallangan ijtimoiy grantning umumiy miqdori 1 mlrd 800 mln sömni taşkil qilmoqda.











