Prezident Şavkat Mirziyoyev 13 yanvar kuni maşinasozlik tarmoğini transformatsiya qiliş va sohada raqobatni rivojlantiriş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.
«Mazkur tarmoq mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakçi yönalişlaridan bölib, sanoatdagi uluşi 11 foizni taşkil qiladi. Şu bilan birga, hisob-kitoblarga köra, uşbu sohada işlab çiqarişni bir neça barobar oşiriş imkoniyati bor.
Bugungi kunda bir qator kompaniyalar Özbekistonda işlab çiqarişni yölga qöyiş va investitsiyalar olib kiriş istagini bildirmoqda.
Şu bois davlatimiz rahbari lokalizatsiya darajasidan kelib çiqib, işlab çiqaruvçilar uçun bir xil şaroitlar joriy etiş böyiça körsatma berdi. Bunda, avtomobillarni sanoat usulida yiğiş, yiliga 50-60 mingta hamyonbop avtomaşina va elektromobillar işlab çiqarişga investitsiya kiritiş zarurligi ta'kidlandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Joriy yilda Xorazmda kuzov detallarini tayyorlaş korxonasi, Andijonda 4ta, Navoiy viloyatida 2ta mahalliylaştiriş loyihalari işga tuşiriladi. Kooperatsiya platformasi doirasida 122ta xususiy korxona iştirokida yana 80ta detal işlab çiqariş mahalliylaştiriladi.
«Mamlakatimizda barça davlat korxonalarini isloh qiliş dasturi amalga oşirilmoqda. Yiğilişda şu masalaga e'tibor qaratilib, xorijiy mutaxassislar iştirokida «Özavtosanoat» faoliyatini transformatsiya qiliş ofisini taşkil etiş böyiça topşiriq berildi. Uşbu jarayonlarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi yetakçi bölib, işlarni muvofiqlaştiradi.
1 iyulga qadar tarmoq tarkibidagi 40ta korxonani transformatsiya qiliş boşlanadi. Tarmoqda raqobat muhitini rivojlantiriş uçun kompaniya tarkibidagi ehtiyot va butlovçi qismlar işlab çiqaradigan 23ta korxonani xususiylaştirişga tayyorlaş lozimligi qayd etildi. «Özavtosanoat»ning asosiy faoliyatiga boğliq bölmagan 14ta taşkilotdagi uluşlarini sotuvga çiqariş vazifasi yuklatildi», deyiladi xabarda.

Yiğilişda qişloq xöjaligi maşinasozligini isloh qiliş masalasi ham atrofliça muhokama etildi. Tarmoqda iqtisodiy samaradorlikni oşiriş, resurslardan oqilona foydalaniş böyiça vazifalar belgilangan.













