«Özmilliybank» AJning Rossiya Federatsiyasidagi şu'ba banki Aziya-Invest Bank doimiy ravişda moliyaviy xizmatlar turini kengaytirib, mijozlarga xizmat körsatiş uçun qulay şaroitlar yaratib, xorijiy moliya institutlari bilan samarali hamkorlik qilmoqda.

Amerikaning yetakçi banklaridan biri – The Bank of New York Mellon bilan 2020 yilda erişilgan kelişuvlar natijalari böyiça hamkorlik töğrisida bitim imzolandi. Bitim doirasida 2021 yilning 11 yanvarida xorijiy hamkor – Aziya-Invest Bank uçun AQŞ dollarida korrespondentlik hisob-raqami oçildi.

Bunday taniqli bank bilan hamkorlik qiliş Aziya-Invest Bankning xalqaro hisob-kitoblar sohasidagi faoliyatini kengaytirişga, bank xizmatlari bozorida örni oşişiga, xususan Rossiya Federatsiyasi va Özbekiston Respublikasida bank maqomini mustahkamlaşga yordam beradi.

Aziya-Invest Bank uçun AQŞ bankida töğridan töğri korrespondentlik hisob-raqamiga ega böliş mijozlarning transçegaraviy tölovlari uçun AQŞ dollarida özaro hisob-kitoblarni yanada moslaşuvçan va samarali amalga oşirişga imkon beradi va uçinçi banklarning komissiyalarini bekor qiliş orqali ularning xarajatlarini kamaytiradi.

The Bank of New York Mellon (qisqartirilgan BNY Mellon) Amerikaning eng yirik banki va moliya kompaniyalaridan biri bölib, 2007 yilda Nyu-York banki (1748 yilda taşkil etilgan) va Mellon moliyaviy korporatsiyasining birlaşişi natijasida taşkil topgan. Bankning asosiy faoliyati – investitsiyalar, aktivlarni boşqariş, hisob-kitob operatsiyalari, depozit xizmatlari va işonçli ğaznaçilik operatsiyalari hisoblanadi. Mijozlar orasida turli hukumatlar, davlat muassasalari, aktivlarni boşqariş kompaniyalari, banklar, korporativ mijozlar, investitsiya, brokerlik, dilerlik va suğurta kompaniyalari, moliyaviy maslahatçilar hamda köplab jismoniy şaxslar mavjud. Bank dunyoning 35 mamlakatida faoliyat olib boradi.

«Özmilliybank» AJ Matbuot xizmati