Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan 175-8-moddaga köra, quyidagi tört toifa huquqbuzarlik uçun javobgarlik belgilandi:

  • davlat xaridlari rejalarini, şu jumladan reja-jadvallarini şakllantiriş va joylaştiriş tartibi böyiça qonunçilik talablariga rioya etmaslik, şuningdek davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilikda nazarda tutilgan hollarda davlat xaridlarini amalga oşiriş çoğida maxsus axborot portaliga davlat xaridlari böyiça e'lonlar joylaştiriş tartibini, majburiy muhokama ötkaziş tartibi va muddatlarini hamda davlat xaridi natijalarini joylaştiriş muddatlarini buzganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigaça (1 mln 115 ming sömdan 2 mln 230 ming sömgaça) miqdorda jarima;
  • davlat xaridlari töğrisidagi e'lonlarga va xarid hujjatlariga qonunçilikda taqiqlangan hamda raqobatni çeklovçi axborotni, havolalar va talablarni kiritiş, xarid hujjatlarini tasdiqlaş hamda buyurtmalarni şakllantiriş tartiblarini buzganlik uçun mansabdor şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigaça (2 mln 230 ming sömdan 3 mln 345 ming sömgaça) miqdorda jarima;
  • tovarlarni, işlarni va xizmatlarni yetkazib beruvçilarni tender ötkaziş yöli bilan aniqlaş talablarini buziş, şuningdek davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilikka muvofiq tovarlarni yetkazib beruvçini, iş bajaruvçini va xizmat körsatuvçini raqobatli xarid usuli vositasida aniqlaş belgilangan hollarda, davlat xaridlarini yagona yetkazib beruvçidan yoki töğridan-töğri şartnomalar asosida amalga oşiriş töğrisida qaror qabul qilganlik uçun mansabdor şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigaça (3 mln 345 ming sömdan 4 mln 460 ming sömgaça) miqdorda jarima;
  • davlat xaridlari jarayonidagi affillanganlik va manfaatlar töqnaşuvi haqida davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilikda belgilangan tartibda xabar bermaslik, şuningdek davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilikda nazarda tutilmagan hollarda, davlat xaridlari böyiça takliflarni qabul qilmaslik yoki takliflarni taqdim etiş muddatlarini davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilik talablariga zid ravişda qisqartiriş, şuningdek takliflar solingan konvertlarni oçiş va xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholaş talablarini buzganlik uçun mansabdor şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigaça (4 mln 460 ming sömdan 6 mln 690 ming sömgaça) miqdorda jarima soliş jazosi qöllanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Aksilkorrupsiya agentligi direktori Akmal Burxonov amaldagi qonun hujjatlariga davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilikni buzganlik uçun javobgarlik masalasi kiritilayotganini ma'lum qilgandi.