Farğonada kömir omborining sobiq mudiri bir yarim ming tonna kömirni noqonuniy sotib yuborganlikda ayblanmoqda
«Kömir ta'minot» MÇJga qaraşli Oltiariq kömir ombori sobiq mudiri M.M. özining moddiy javobgarligida bölgan, umumiy qiymati 807,1 mln sömlik 1 566 tonna kömir mahsulotlarini sotib yuborib, özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgani aniqlandi.
M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergovga qadar tekşiruvni Departamentning Oltiariq tuman bölimi ötkazgan.
«Farğona viloyat yagona hisob-kitob markazi» DUKdagi talon-torojliklar foş etildi
«Farğona viloyat yagona hisob-kitob markazi» DUK mansabdor va mas'ul şaxslari markaz inspektorlari tomonidan aholidan sovuq suv va oqova suv ta'minoti xizmati uçun yiğilgan 60,4 mln sömni abonentlar hisob raqamiga tuşirmasdan, özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.
Bundan taşqari, markaz mas'ul şaxslari inspektor vazifasida işlab kelgan xodimlar nomiga soxta hujjatlarni rasmiylaştiriş orqali maişiy texnikalarni kreditga olib, ularning manfaatiga 46,9 mln söm zarar yetkazgan.
Holat yuzasidan JKning 167-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 3-qismi va 228-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergovga qadar tekşiruv Departamentning Farğona şahar bölimi tomonidan, «Farğona suv ta'minoti» MÇJning murojaatiga asosan ötkazilgan.
Fuqaroni Andijon davlat universitetiga turmuş örtoği orqali öqişga kiritib qöymoqçi bölgan ayol uşlandi
Ş.T. fuqaro R.R.ning işonçiga kirib, uning jiyanini ADUda işlovçi turmuş örtoği va boşqa tanişlari orqali öqişga kiritib qöyiş evaziga 4 000 dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlandi.
Ş.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi. Tezkor tadbirni Departamentning Şahrixon tuman bölimi va IIB xodimlari ötkazgan.












