Navalniyni Berlindagi aeroportda tarafdorlari va jurnalistlar kutib turgandi, biroq Berlin politsiyasi xavfsizlik uçun uni aeroportga kiritmay, maxsus maşinada töğri samolyot oldigaça kuzatib qöydi. Samolyot içida ham köplab odamlar, xususan, jurnalistlar Navalniyni kutib turişgandi. U samolyotning özida intervyu berişga ulgurdi va juda köp savol berib yuborişgani sabab bir neça marta öz joyiga ötirişni iltimos qildi.
Siyosatçi Moskvada uni qölga olişlaridan qörqmasligini, buning uçun heç qanday asos yöqligini aytdi. U Berlindan charter yoki maxsus samolyotda emas, oddiy yölovçi reysda qaytdi. Şu sababli samolyotda bölganlar u va rafiqasi Yuliyaning suratlarini sahifalariga joylaşdi.

Samolyotning qönişi alohida mavzu böldi. Dastlab samolyot qönişi rejalaştirilgan «Vnukovo» xalqaro aeroporti tvitterdagi sahifasida qiziqarli muhokamalarga qöşilib qoldi. Xususan, foydalanuvçilardan biriga javob berar ekan aeroport rasmiy akkauntida şunday post paydo böldi: «Biz Berlindan samolyotlarni 1941 yilda ham munosib kutib olganmiz, bugun ham şunday böladi». Ya'ni aeroport Navalniyning kelişini Ikkinçi jahon uruşidagi faşistlar samolyotlari kelişiga öxşatdi.
Samolyot havoda ham bir qator muammolarga duç keldi. Avvaliga u Moskvadan boşqa tomonga uça boşladi va bu vaqtda «Vnukovo» aeroporti samolyotlarni qabul qiliş uçun yopiqligi haqida xabarlar paydo böldi. Keyinçalik samolyot yana Moskva tomonga burildi, lekin «Şeremetevo» aeroportiga qöngani ma'lum böldi.
Bu vaqtda içida Navalniy içida bölgan samolyotni qabul qilişi kerak bölgan «Vnukovo» aeroportida Navalniyni qöllab-quvvatlaş uçun çiqqan tarafdorlarini qölga oliş davom etayotgandi. Militsionerlar va OMON zobitlari kelganlarni qölga olib, terminal oldini «tozalagan».


Keyinçalik samolyot «Vnukovo» aeroporti «texnik muammolar sabab yopilgani uçun» «Şeremetevo»ga yönaltirilgani aytildi. Katta ehtimol bilan «Vnukovo»da odamlar kutilganidan köproq töplangani uçun samolyot boşqa aeroportga yönaltirilgan.










