Yangi tartib prezident qarori asosida 1 yanvardan kuçga kirdi. Unga köra, olis hududlarda joylaşgan budjet taşkilotlariga boşqa hududlardan işlaş uçun kelgan oliy ma'lumotli mutaxassislarga:

  • 50 BHM (1 fevraldan – 12 250 000 söm) bir martalik boşlanğiç yordam puli;
  • uy-joylarni ijaraga olganlik uçun 2 BHM (1 fevraldan – 490 000 söm) har oylik pul kompensatsiyasi beriladi.

«Bundan maqsad – olis hududlardagi budjet taşkilotlarida aholiga körsatiladigan xizmatlarning sifatini oşiriş», – dedi Moliya vazirligi departament direktori Adham Eşjonov 15 yanvar kungi matbuot anjumanida.

Adham Eşjonov

Tibbiyot xodimlariga yordam puli köproq

Endilikda tibbiy OTMni oxirgi 3 yil içida tamomlagan va boşqa hududda yaşovçi tibbiyot xodimi olis va çekka hududlarda joylaşgan oilaviy şifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga işga qabul qilinganda, ularga kamida 3 yil işlab beriş şarti bilan:

  • 30 million söm bir martalik boşlanğiç yordam puli;
  • uy-joyi bölmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari yoki 2 BHM (1 fevraldan – 490 000 söm) har oylik pul kompensatsiyasi beriladi.

«Olis hududlardagi aholi malakali tibbiy xizmatdan foydalanişda qator muammolarga duç keladi. Qaror bilan şu muammolarni hal qiliş, çekka hududlarga malakali tibbiy xizmat yetib borişini ta'minlaş rejalaştirilyapti», – dedi Moliya vazirligi departament direktori Otabek Fozilkarimov.

Otabek Fozilkarimov

Olis hududlarda yaşab, işlayotganlarga taalluqli emas