2021 yilning 15 yanvar kuni muddatli bozorlar böyiça xorijiy ekspert Artur Axmadişin Özbekiston respublika tovar xomaşyo birjasining mutaxassislari uçun seminar-trening ötkazdi. Mazkur tadbir öquv maşğulotlari, taqdimotlar va oçiq muloqot şaklida ötkazildi.

Maşğulotlarda birjaning markaziy apparati va hududiy bölinmalarining rahbarlari va mutaxassislari hamda «Trastbank» XAB hisob-kitob banki vakillari iştirok etişdi.

Seminar-trening muddatli bozorni şakllantiriş va rivojlantiriş böyiça xorijiy amaliyotni örganiş hamda mahalliy mutaxassislarga derivativ bozorlari yuzasidan, şu jumladan tovar fyuçerslari böyiça maslahatlar beriş maqsadida taşkil etildi.

Ekspert treningda fyuçers bozorining asosiy tuşunçalari va işlaş mexanizmi haqida sözlab, muddatli bozorni işga tuşiriş uçun zarur şart-şaroitlar, şu jumladan huquqiy-me'yoriy, taşkiliy va texnik talablarni tuşuntirib berdi.

Tovar segmentlarida qöllaniladigan fyuçers bozorining turlari va afzalliklari, Markaziy kontragentning faoliyati va professional savdo iştirokçilarining funksiyalari namoyiş etildi.

Tadbir davomida seminar iştirokçilari fyuçers savdolari va muddatli bozorning kliring xizmatini taşkillaştiriş böyiça Rossiya amaliyoti bilan qiziqdilar.

Tinglovçilar fyuçers bozorining infratuzilmasi, savdolarni ötkaziş qoidalari, xatarlar menejmentining öziga xos xususiyatlari, bozor narxlarining şakllaniş mexanizmi hamda birjada xatarlar va narxlar özgarişini xejyerlaş haqida batafsil ma'lumotlarga ega böldilar.

Maşğulotlar yakunida fyuçers şartnomalarini Özbekiston Respublikasining tovar birjalarida joriy etiş istiqbollari muhokama qilindi. Trening iştirokçilari mazkur maşğulotning ötkazilişi muhimligini ta'kidlab, kelajakda şu kabi tadbirlarni muntazam ravişda taşkillaştiriş istagini bildirdilar.

Ma'lumot uçun: Axmadişin Artur Ravileviç – muddatli bozorlarida kliring xizmati böyiça ekspert. Kliring operatsiyalari va IT-industriyasida 15 yillik amaliyotga ega. Sankt-Peterburg Xalqaro tovar-xomaşyo birjasi (SPbXTXB) ning muddatli bozorlari uçun dasturlar majmuasini işlab çiqiş, joriy etiş va yuritişda iştirok etgan.