Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabrdagi Murojaatnomasida islohotlar samarasini har bir inson öz hayotida his etişi uçun hujjatlar ijrosini öz vaqtida va samarali ta'minlaş lozimligini ta'kidlagan edi. Şu bois Adliya vazirligiga qabul qilingan hujjatlarni mas'ullarga yetkaziş, amaliyotda qöllaşga kömaklaşiş va nazorat qiliş böyiça yangi tizim joriy etiş vazifasi topşirilgan edi.

Prezident huzurida bugun ötkazilgan yiğilişda amaldagi holat tahlili va ilğor xorijiy tajribadan kelib çiqib, samarali ijro tizimini yölga qöyiş böyiça takliflar körib çiqildi. 

Qayd etilganidek, sönggi 4 yilda 2 mingga yaqin farmon va qarorlar qabul qilingan. Lekin hudud va taşkilotlarda ularning bajarilişi qoniqarli emas.

Koronavirus pandemiyasi, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari qator yönalişlarda muammolar borligini körsatdi. Oliy ta'lim, transport, suv xöjaligi, davlat mulkini boşqariş sohalaridagi islohotlar kutilgan natijani bermayapti. Şu sababli mazkur sohalar rahbarlari işdan olindi. Yana bir qator vazir va vazir örinbosarlari faoliyati qoniqarsiz deb topilib, ularga intizomiy jazo qöllanildi.

«Ijro tizimidagi eng katta muammo – dunyoqaraş özgarmayotgani, bilimsizlik va mas'uliyatsizlik», – dedi davlat rahbari. 

Yiğilişda 4 bosqiçli samarali ijro tizimini taşkil etiş çoralari muhokama qilindi. Bular ijroni loyiha bosqiçida rejalaştiriş, ijroni taşkil etiş va kömaklaşiş, ijroni baholaş, ijroni nazorat qilişdir.

Hujjatlarni amaliyotda qöllaşga kömaklaşiş maqsadida adliya vaziri örinbosarlari markaziy idoralarga biriktiriladi. Örta va quyi böğin xodimlarini har bir sohaga oid qaror böyiça öqitiş taşkil etiladi. Adliya vazirligi viloyat boşqarmalari, şahar va tuman bölimlari boşliqlari esa qarorlarni tadbirkor va fuqarolarga tuşuntirişga mas'ul böladi.

Prezident qabul qilinayotgan hujjatlar xalq manfaatiga qaratilganini, şuning uçun ularning mazmunini aholiga yetkaziş zarurligini ta'kidladi.

Hujjatlarning nafaqat ijrosi, balki natijadorligiga ham alohida e'tibor qaratiladi. Misol uçun, 2020 yil 1 mayda yerosti suvi zaxirasi bor joylarda davlat hisobidan quduq qazib, ularni aholiga imtiyozli şartlarda beriş böyiça qaror qabul qilingan edi. Bu maqsadlarga Inqirozga qarşi jamğarmadan ajratilgan 300 milliard söm hisobiga 95 ming gektar yer foydalanişga kiritildi, 70 mingga yaqin yangi iş örni yaratildi.