2021 yil 20 yanvar kuni prezident hujjatlari va topşiriqlarining samarali ijrosini ta'minlaş mavzusida bölib ötgan matbuot anjumanida iştirok etgan adliya vaziri örinbosari Xudoyor Meliyev mazkur yönalişda amalga oşiriladigan işlar haqida ma'lumot berdi.
Ta'kidlanişiça, Adliya vazirligi tomonidan ijro masalasida butunlay yangi tizim – tört bosqiçdan iborat “Samarali ijro tizimi”ni (Policy implementation) joriy qiliş taklif qilinmoqda.
Vazir örinbosarining ma'lum qilişiça, yangi nazorat tizimi quyidagilardan iborat böladi:
- mavjud ştatlar doirasida Adliya vazirligida Özbekiston prezidenti qarorlari ijrosini nazorat qiliş boşqarmasi hamda uning hududiy bölimlari taşkil etiladi;
- Adliya vazirligiga topşiriqlarni nazorat qiluvçi elektron “Ijro.gov.uz” tizimi ötkaziladi. Mazkur tizim takomillaştirilib, yangi versiyasi işlab çiqiladi, topşiriqlar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritiladi va mas'ul ijroçilar belgilanadi;
- ijroni ta'minlaş çoralarini köriş böyiça ularga ogohnoma va körsatmalar kiritiladi, aybdor mansabdor şaxslar ma'muriy javobgarlikka tortiladi;
- topşiriqlarning joriy ijro holati doimiy monitoring qilinadi.
Bundan taşqari, adliya vaziri örinbosarlariga barça respublika idoralari va viloyatlar biriktiriladi.
Rahbarlar bilan birga, örta va quyi böğin xodimlarini har bir yangi qaror böyiça bir hafta içida öqitiş yölga qöyiladi.
Şuningdek, televideniye va radioda ijro masalalari böyiça har 15 kunda soha va hududlar kesimida “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” nomli rukn yölga qöyiladi.
Yangi tizimga köra, har bir qabul qilingan yangi qaror hududiy adliya idorasiga kelib tuşişi, bu borada qaysi rahbar nima iş qilişi kerakligi, işni qanday taşkil etiş zarurligi batafsil körsatiladi va hokimlarga ijro uçun kiritiladi.
Şuningdek, har oyda joylarga çiqib, qarorlar ijrosi yuzasidan manzilli va sohaviy örganişlar ötkaziladi.
“Biz şunday tizim ustida işlayapmizki, kelgusida prezidentning har qanday topşiriğini bajarmaslik favqulodda holat sifatida qaraladi”, – dedi Xudoyor Meliyev.






