Qayd etilişiça, qömitaning Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat böyiça inspeksiyasi hamda Qaşqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi inspektorlari holatni örganiş uçun bevosita bayon etilgan manzilga çiqqan.

Örganiş davomida Qarşi şahar hokimining qaroriga asosan ajratilgan 10 gektar yer maydonida kiçik sanoat zonasi taşkil etilayotgani, mazkur hududdagi 2 874 tup har xil turdagi daraxtlar ekskavator texnika vositasi yordamida ildizi bilan qöporilgani aniqlandi va holat yuzasidan dalolatnoma tuzildi.

Ta'kidlanişiça, Qarşi şahar quriliş bölimining 2020 yil 23 noyabrdagi Qarşi şahar “Buyuk Turon” MFY, Buyuk Turon köçasida taşkil etilayotgan kiçik sanoat zonasi hududidagi ekinzor va daraxtlarni tag qismidan olib taşlaş töğrisidagi murojaatiga javoban Qarşi şahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş inspeksiyasi tomonidan daraxt va butalarni kesiş tartibi körsatib ötilgan holda, daraxt va butalarni kesişga ruxsat berilmagan.

Şu bilan birga, ajratilgan 10 gektar yer maydonida taşkil etilayotgan kiçik sanoat zonasi böyiça Davlat ekologiya qömitasining ekologik xulosasi olinmaganligi aniqlangan.

Ayni damda yuqoridagi holat yuzasidan töplangan hujjatlar huquqiy baho berilişi uçun huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etilgani aytiladi.