Kecha 19 yanvar kuni Transport vazirligining rasmiy telegram kanalida 20 yanvar kunidan boshlab Toshkent avtovokzalidan amalga oshiriladigan avtobus qatnovlari haqida ma'lumot berildi. Unda ko‘rsatilgan narxlar 4 yanvar kuni berilgan ma'lumotda ko‘rsatilgan narxlardan biroz oshganini ko‘rish mumkin.
Masalan, 4 yanvar kuni berilgan ma'lumotda Toshkent-Jo‘sh-Nurota yo‘nalishida yo‘lkira narxi 60 000 so‘m bo‘lgan. Bugundan 65 000 so‘mga oshirilgan. Toshkent-Navoiy yo‘nalishi esa 52 000 so‘mdan 56 000 ming so‘mga oshirilgan. Eng sezilarli narx oshishi Toshkent-Xiva va Toshkent-Urganch yo‘nalishlarida kuzatilgan. Bu ikki shaharga qatnov narxi 10 000 so‘mdan oshgan.
5 va 20 yanvar kuni «Toshkent» avtovokzalidan amalga oshiriladigan avtobus qatnovlar narxidagi tafovutlar:
Toshkent – Zarafshon chipta narxi 80 000 so‘m;
Toshkent – Jo‘sh – Nurota 65 000 so‘m (avvalgi narx 60 000 so‘m);
Toshkent – Xatirchi 50 000 so‘m (oshmagan);
Toshkent – Navoiy 56 000 so‘m (avvalgi narx 52 000 so‘m);
Toshkent – Buxoro 75 000 so‘m (oshmagan);
Toshkent – Zarafshon 80 000 so‘m;
Toshkent – Qorako‘l 80 000 so‘m (avvalgi narx 73 000 so‘m);
Toshkent – Forish 36 000 so‘m;
Toshkent – Qarshi 59 000 so‘m (avvalgi narx 54 000 so‘m);
Toshkent – O‘smat 34 000 so‘m (avvalgi narx 32 000 so‘m);
Toshkent – Samarqand 38 000 so‘m (avvalgi narx 35 000 so‘m);
Toshkent – Zomin 26 000 so‘m (avvalgi narx 24 000 so‘m);
Toshkent – Uzun 108 000 so‘m (avvalgi narx 100 000 so‘m);
Toshkent – Denov 94 000 so‘m (avvalgi narx 87 000 so‘m);
Toshkent – Termiz 85 000 so‘m (avvalgi narx 78 00 so‘m);














