“Şu kunlarda qöşni Qozoğiston va Rossiya Federatsiyasida kuzatilayotgan kuçli sovuq tufayli yöllarda muzlamalar hosil bölib, avtotransport vositalarida texnik nosozliklar kelib çiqişi natijasida yölovçilar qiyin vaziyatlarga tuşib qoliş holatlari kuzatilmoqda”, – deya bu qarorga izoh berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lumot uçun, 11 yanvar kuni Qozoğistonning Aqtöbe oblasti hududida, “Samara–Çimkent” avtomobil yölida Özbekistonning jami 69 nafar fuqarosi bölgan ikki avtobus noqulay ob-havo tufayli yölda qolib ketdi. Ular evakuatsiya qilinib, maktab va masjid binolariga joylaştirilgan.
Şuningdek, Çimkent viloyati hududida “Toşkent-Almati” yönalişida harakatlanayotgan yölovçi avtobusi buzilib qoldi. Undagi 34 nafar Özbekiston fuqarosiga yordam körsatilib, mehmonxonaga joylaştirilgan.
12 yanvarda, şuningdek, Aqtöbe oblastida avtobusda qolib ketgan yana 31 nafar özbekistonlik evakuatsiya qilindi. Transport vositasi yölda qolib ketişiga kuçli sovuq tufayli dizel yonilğisi muzlab qolgani sabab böldi.
Avvalroq “Toşkent – Buxoro – Toşkent” yönalişidagi “Afrosiyob” poyezdlarining 13, 14, 15 yanvar kungi 3 ta reysi bekor qilingan edi.
- Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga köra, Qozoğiston hududida noqulay ob-havo kunlarida qiyin ahvolga tuşib qolgan vatandoşlar mamlakatning Ostonadagi elçixonasi (+717 2954252), Olmaota (+7273902616) va Aqtau (+77292777117)dagi boş konsulliklariga murojaat qilişi mumkin.











