“Qişloq xöjaligimiz juda orqada. Şaxsan meni mutlaqo qoniqtirmaydi. Buxoro qişloq xöjaligida suvni ikki barobar köp işlatyapti. Bu suv qança mehnat bilan yetib kelayotganini bilasizlarmi? Juda köp elektr energiyasi sarflayapmiz. 

Suvni tejaşni qaçon örganamiz? Tomçilatib suğorişni qaçon kengaytiramiz? Men Xöjayevni qattiq ogohlantirdim. Agar eplay olmasa işdan olaman. Yaqinda ikki vazirni işdan oldim, buni ham olaman. 

Qişloq xöjaligimiz ham qoniqtirmaydi. Haligaça sobiq ittifoq uslubida işlayapmiz. Men 1993 yilda Yevropaga borganimda körganman, tuproqqa tuşadigan har bir tomçi suv, har gramm öğitning aniq hisob-kitobi bor. Biz qaçon hosildorlikni, daromadni köpaytiramiz?! 

Ğaniyevni [boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Ğaniyev - tahr.] ham ogohlantirdim, tizimni töğri yölga qöymasa, işdan ketadi”, – dedi prezident.

Eslatib ötamiz, 2011 yildan Farğona viloyati hokimi lavozimida işlab kelgan Şuhrat Ğaniyev 2020 yil sentyabrida boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari etib tayinlangan edi.