Umumiy ovqatlaniş korxonalari va köngiloçar obektlar tomonidan soat 8:00dan 23:00gaça bölgan davrida faoliyat yuritişi bilan boğliq bölgan çeklovlar bekor qilindi.
Uşbu xizmatlar Vazirlar Mahkamasining “Tungi vaqtda faoliyat yurituvçi umumiy ovqatlaniş korxonalari va köngiloçar obektlarda jamoat xavfsizligini ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2019 yil 24 iyuldagi 624-son qarori talablari doirasida faoliyatni taşkil etilişiga ruxsat berildi.
“Şu örinda ta'kidlab ötiş joizki, bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlarida koronavirus bilan boğliq vaziyatning keskinlaşuvi natijasida karantin hattoki ijtimoiy va iqtisodiy sohalar faoliyatini töxtatiş kabi çeklovlar hamon davom etmoqda.
Respublika maxsus komissiyasi xalqimizdan koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat'iy rioya etişlari hamda mamlakatimizda epidemiologik barqarorlikni ta'minlaş borasida erişilgan bugungi vaziyatni bardavom bölişi uçun şaxsiy mas'uliyatni oşirişlarini sörab qoladi”, - deyiladi bayonotda.












