Ayni paytda bu binoda «Andijonnoma» va «Andijanskaya pravda» gazetalari, viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boşqarmasi, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining viloyat bölimi, «Xalq sözi» gazetasi va Özbekiston milliy axborot agentligi hududiy muxbirlari faoliyat yuritadi.

Ma'lum bölişiça, bino Prezident maktabi uçun tanlangani ma'lum bölgaç, andijonlik jurnalistlarda binosiz qoliş xavotiri paydo bölgan.

Viloyat hokimligi bu xavotir örinsiz ekanini bildirib, jurnalistlar uçun zamonaviy bino qurib berilişini bildirdi.

«Tahririyat xodimlari hamda viloyat jurnalistlarining xavotiriga örin yöq. Tahririyat uçun Andijon şahri markazida barça qulaylik va şaroitlarga ega, zamonaviy bino qurib bitkazilib, tahririyat köçirib ötkazilgandan söng quriliş işlari amalga oşiriladi», – deyiladi hokimlik xabarida.

Ma'lumot uçun, Andijon viloyatidagi 17 ta gazeta va jurnal xususiylaştirilişi möljal qilingan. Ular orasida «Andijonnoma» gazetasi ham bor. Gazeta 2000 nusxada çop etilmoqda.

  • Hozirda Prezident maktablari Qoraqalpoğiston Respublikasi, Namangan va Xorazm viloyatlari hamda Toşkent şahrida faoliyat yuritmoqda.
  • 2021 yilda Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo, Toşkent va Andijon viloyatlarida ham Prezident maktablari qurilişi rejalaştirilgan.