Turkiya xavfsizlik kuçlari IŞID terrorçilik taşkilotining 12 nafar jangarisini qölga oldi. Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi xabar berdi.

"2020 yil 31 dekabrda mamlakatimizga Suriyadan noqonuniy ravişda kirişga uringan 12 kişi qölga olindi, ular Rayhonli şahri politsiya bölinmasiga olib kelindi. Ularning beş nafari Rossiya, tört nafari Özbekiston va uç nafari Qirğiziston fuqarolari ekanligi aniqlandi. Ularning barçasi IŞID terrorçilari hisoblanadi", - deyiladi xabarda.

Qöşimça qilinişiça, "har tomonlama suriştiruv davomida qölga olingan terrorçilardan biri "qizil toifa"dagi qidiruvda bölganligi aniqlandi".